Tovarlar {{foundsProduct}}
{{product.price_old}} {{shop2SmartSearchSettings.shop2_currency}}
{{product.price}} {{shop2SmartSearchSettings.shop2_currency}}
Kategoriyalar {{foundsFolders}}
Ishlab chiqaruvchilar {{foundsVendors}}
Barcha natijalar
Uy/Kompaniya haqida/Статьи/Relouis - premium klassga oid yuqori marjali brend

Relouis - premium klassga oid yuqori marjali brend

Relouis - premium klassga oid yuqori marjali brend

Savdo kompaniyasining muvaffaqiyati olinadigan daromadga bog'liq. Kosmetika biznesi bilan shug'ullanayotganda, bozor sharoitida zamonaviy rivojlanish usullaridan foydalanish, mijozlarning mahsulotlarga bo'lgan talabini doimiy ravishda o'rganish va tahlil qilish, kam xarajatda maksimal foyda keltiradigan premium sinfga oid yuqori marjali brenddan foydalanish kerak.

 

Dekorativ kosmetika

 

Ushbu toifadagi kosmetika mahsuloti talabgir va keng iste'molchilar orasida aktualdir. U bo'yanish, tashqi ko’rinishni o’zgartirish, afzalliklarga e'tibor qaratish va kamchiliklarni yashirish mumkin bo'lgan mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Belarusiya kosmetikasi assortimentiga ton berish, berkitish va bezanish uchun vositalar, tirnoq bo’yoqlari, cho'tkalar va boshqa mahsulotlar va aksessuarlar kiradi.

 

Yuqori marjali brend

 

Katta foyda ishonchli moddiy bazani va kompaniya faoliyatining muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Yuqori marjali mahsulotlarni sotish kutilgan daromad darajasiga erishishga yordam beradi. Bu maxsus tadbirlar, bayramlarda yoki sovg'a sifatida sotib olinadigan mahsulotlardir. Talabgir va ommabop mahsulot sotib olish va sotish narxlari o'rtasidagi farq tufayli daromad olib keladi.
Brendli mahsulotlariga talab yuqori. Ulardagi ustama narx xaridorlarni cho’chitmaydi. Ularga Belarus kosmetik brendi Relouis kiradi.

 

Relouis brendining afzalliklari

 

Kompaniya dekorativ kosmetika mahsulotlari, tirnoq vositalari va aksessuarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Assortiment barcha toifadagi dekor, shu jumladan, 600 dan ortiq nomda mahsulotlar mavjud.

Mahsulot xaridorlar orasida talabga ega, bu quyidagilar bilan izohlanadi:

Germaniya va Italiya ishlab chiqaruvchilarining xomashyosidan foydalanish hisobiga sifatli mahsulot;

-  hamyonbop narx;

- keng assortiment;

sog'liq uchun xavf tug'dirmaydigan tabiiy komponentlarni o'z ichiga olgan tarkib.

 

Relouis mahsulotlarining mashhur toifalari 

 

Suyuq yaltiramaydigan lab bo'yog'i Complimenti! Relouis "Nude Matte"

 

Lab uchun mahsulotlar – ushbu brendning keng toifasi bo'lib, sifat jihatidan premium mahsulotlardan kam emas. Ushbu segmentdan professional vizajistlar foydalanadi. Suyuq yaltiramaydigan lab bo'yog'i tarkibiga tezda yo’qolmaydigan mikrozarralar kiritilgan bo’lib, ular labga ifodali va shirali ko’rinish beradi. Jilvasiz ton tabiiy va saranjom ko'rinadi. Qo'llanilishi oson va uzoq vaqt labga hozir qo’yilgandek ko’rinishni saqlab turadi.

 

 

 

 

Kipriklar uchun tush “XXXL Extreme Exciting Luxury”, RELOUIS

 

 

 

 

Tush kremli teksturasi bilan ajralib turadi. Yumshoq, bir hil surtiladigan bo'yoq tekis yotadi, qovoqlarda hech qanday bo'laklar yoki iz qoldirmaydi. Plastik cho'tka kirpiklarni ajratgan holda ularni chuqur bo'yaydi. Ular hajmga va elegant nafislikka ega bo'ladi.
Ko'zlar ifodali bo'ladi, nigoh kengayadi, kirpiklar mayinlashadi va qalinlashadi.

 

Ko'z qalami mexanik, Artistic Velvet Kajal Contour

 

 

 

 

 

U suv o'tkazmaydigan effekti, yumshoq kremli tuzilishi bilan ajralib turadi, qora va shokoladli ranglarda mavjud.
Ko'zlarning konturini to’g’irlash uchun ishlatiladi. Ingichka ifodali chiziqlar bilan teriga osongina surtiladi. Ko’chib tushmaydi, kun davomida asl shaklini saqlab turadi. Ko'zlarni vizual kengaytiradi, nigohni jonlantiradi.

 

 

Ten RELOUIS PRO

 

Yoqimli rang palitrasi iliq, sovuq tonlarni va yengil tuslarni o'z ichiga oladi.
Yumshoq, ipaksimon tekstura teriga bir tekis yotadi, cho'tkaning bir nechta bo’yashi bilan bo’yoqlar qovoqlarga surtiladi va tushlanadi. Ular parchalanmaydi, yumaloqlanmaydi, qatlamli bo'lishi mumkin, ajinlarga urg'u bermagan holda kun oxirigacha jozibali makiyajni saqlab turadi. Ularni yordamida nafis kunduzgi yoki yorqin kechki makiyaj yaratishingiz mumkin.

 

Yuqori marjali Relouis brendi turli xil kategoriya iste'molchilari orasida mashhurdir. Uning talabgirligi nafaqat kompaniya faoliyatini saqlab turadi,
balki daromad keltiradi va biznesning rivojlanish va ravnaq topish rejalarini amalga oshirishga yordam beradi.

 

“Belarus Kosmetikasi” do'konlari tarmog'i kosmetika chakana savdosi bilan shug'ullanadigan tadbirkorlarga o'z assortimentini yuqori marjali Relouis brendi bilan kengaytirishni taklif qiladi. Hamkor bo’lish bo'lish uchun ulgurji veb-saytga buyurtma berish kerak.

Katalog
 
Yopish
Kabinet
Mahsulot qidirish
Katalog
Brendlar
Подбор по параметрам