Tovarlar {{foundsProduct}}
{{product.price_old}} {{shop2SmartSearchSettings.shop2_currency}}
{{product.price}} {{shop2SmartSearchSettings.shop2_currency}}
Kategoriyalar {{foundsFolders}}
Ishlab chiqaruvchilar {{foundsVendors}}
Barcha natijalar
Uy/Kompaniya haqida/Статьи/Bahorgi yangilanish uchun kosmetika va tualet suvi

Bahorgi yangilanish uchun kosmetika va tualet suvi

Bahorgi yangilanish uchun kosmetika va tualet suvi

Bahor – bu yangilanish va o'zgarishlar vaqti. Aynan shu paytda hayotingizga yangi va noodatiy narsalar kelishini xohlaysiz. Va, qoida tariqasida, ko'p odamlar o'zlarining garderoblarini o'zgartirishdan boshlashadi. Lekin kosmetika kabi muhim narsalar haqida unutmaslik kerak.

Yorqin ranglar, ochilgan gullar va ko'klam ayollarni keskin o'zgarishlarga undaydi. Ular yangilikni va noodatiy narsalarni xohlashadi.
Bu vaqt makiyajni o'zgartirish, unga yangiliklar va elementlar qo'shish uchun eng yaxshi paytdir. Bundan tashqari, obrazingizga parfyum qo'shishni ham unutmang. Aynan u obrazni tugallangan va to'liq qiladi.

 

Xo'sh, bahor yaqinlashib, issiq, quyoshli kunlar kelayotganda, kosmetichkani nimalar bilan yangilash mumkin?

 

Albatta, yangi ko'rinishni yaratish uchun siz kipriklar uchun tush, tonal krem, gel-tint yoki chidamli matoviy lab bo'yog'i va rangli podvodka sotib olishingiz kerak. yaxshi va Romantik obrazlarni yaxshi ko'radiganlar uchun esa, albatta, mayin ranglarda tenlar va shimmerli labda biroz bilanadigan blesk kerak bo'ladi.

 

 

    

Issiq kunlar kelganda har bir ayolga kerak bo'ladigan eng ommabop mahsulotlarga quyidagilar kiradi:

  • tonal krem   – krem   teri bilan juda yaxshi birlashadi, notekisliklar va kamchiliklarni yashiradi. Light toni ham kunduzgi, ham kechki makiyaj uchun mos keladi. Matlashtiradi,
    yog'li jilo qoldiradi. Innovatsion tarkibi tufayli terini parvarish qiladi va chuqur namlaydi. Kundalik foydalanish uchun mos keladi.

 

  • qosh qalami – tabiiy jigarrang  tabiiy go'zallikni ko’rsatadi. Qo'llanilishi va bo’yalishi oson. Chidamli, kum davomida saqlanib turadi. Pigment tezda qoshlarning rangini tekislaydi. Ingichka chiziqlar mukammal shaklni yaratishga yordam beradi.

 

  • Suyuq lab bo'yog'i – 104 ton LILAC NUDE bahorgi obrazni yaratish uchun ideal. Lab bo'yog'ini surtish oson va u kun bo'yi saqlanib turadi. Lab quruqligini, notekisligini ko’rsatmaydi. Rangi bir vaqtning o'zida to’yingan, chuqur va yengil. Lab bo’yog’i lablarni  quritmaydi, ularga tabiiylik beradi …
    "

 

Yana bir eng ko’p sotilgan mahsulot – Relouis kosmetikasi.

 

 

         

 Bu bahorning eng yaxshi mahsulotlari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • gel tint – mahsulot uchta rangda chiqariladi. Yorqin qizil  jasur va dadillar uchun juda mos keladi. U lablar go'zalligini ko’rsatib beradi va ularni ifodali, jozibali qiladi. To’yingan rang yuqori chidamliligi bilan ajralib, kun bo'yi lablarda saqlanib turadi.
  •  lab uchun blesk – mayin rang “shaftolili nektar" obrazning tabiiyligi va romantikligini ta'kidlaydi. Lablarga surtish oson, yoyilib ketmaydi, yopishqoq qatlam qoldirmaydi. Lab bo'yog'i terini namlantiradi va oziqlantiradi, unga yorqinlik beradi. U kundalik foydalanish mumkin bo'lgan bahor uchun ideal variantdir.
  • rangli ko'z qalami – to’yingan jilvasiz ko'k rang sizning nigohingizga jasurlik va bahorgi jozibalikni beradi. Qalamni surtish va tushlash oson. Yupqa asos har qanday qalinlikdagi mukammal chiziqni chizishga imkon beradi. Qalam surkalib ketmaydi va kun bo'yi ko'zda saqlanib turadi. 

 

Belor Design kosmetikasi mashhurlikda kam emas.

 

 

   

Maxsus bahorgi yangilanish uchun sizga quyidagi mahsulotlarni ko'rib chiqishingizni maslahat beramiz:

  • tush - ushbu mahsulotning innovatsion silikon cho'tkasi nigohingizni ochiq, ko'zlaringizni esa katta va ifodali qiladi. Tush mukammal tarzda kipriklarni ajratadi va ularni bir-biriga yopishtirmasdan uzaytiradi. Yumaloq qoldirmaydi, to’kilmaydi, istalgan uzunlikdagi kirpiklarga hajm beradi;

 

  •  tonal krem   – ushbu kremning tabiiy nyud rangi teri bilan osongina birlashib, yuz tonini tekislaydi, kamchiliklarni va qizarishlarni berkitadi. Jilvasiz, oqib tushmaydigan va iz qoldirmaydigan finish beradi. Krem terini oziqlantiradi va ultrabinafsha nurlarining salbiy ta'siridan himoya qiladi. Istalgan makiyaj uchun mos keladi.

 

DILIS’dan erkaklar va ayollar uchun tualet suvi bahorning nozik va yengil iforini baxsh etadi:

 

Erkaklar uchun tualet suvi – Stark Bravery ifori har bir erkak obrazining bahorgi yangilanishi uchun juda mos keladi. Unda siz rozmarin, qora qalampir, mushk, kardamon, lavanda va boshqa notalarini kuzatishingiz mumkin. Yog'ochli tualet suvi xarizmani, hissiyotni, ehtirosni aks ettiradi. Mardlik va ruhiy quvvatni ta'kidlaydi.

 

Ayollar uchun tualet suvi – mevali ifor Fluelle Beauty, o'rik, greypfrut, nektarin, apelsin va oq gullar notalariga asoslangan bo’lib, nazokat va bahorgi jozibalikni beradi. Shirin hid bahor va yoz uchun mos keladi. Yengil, to’yingan va nozik. U bir qarashda o'ziga jalb qiladi.м

 

 

Taqdim etilgan mahsulotlarni ulgurji veb-saytda xarid qilishingiz mumkin. Biz yuqori sifat va hamyonbop narxlarni kafolatlaymiz. Keng assortiment tufayli bu yerda do‘koningizdagi tanlovni yangilash uchun barcha kerakli mahsulotlarni topa olasiz.

Katalog
 
Yopish
Kabinet
Mahsulot qidirish
Katalog
Brendlar
Подбор по параметрам