Tovarlar {{foundsProduct}}
{{product.price_old}} {{shop2SmartSearchSettings.shop2_currency}}
{{product.price}} {{shop2SmartSearchSettings.shop2_currency}}
Kategoriyalar {{foundsFolders}}
Ishlab chiqaruvchilar {{foundsVendors}}
Barcha natijalar
Uy/Kompaniya haqida/Статьи/Maishiy kimyo SONTSA: hamyonbop narxlarda sifatli kir yuvish uchun vositalar

Maishiy kimyo SONTSA: hamyonbop narxlarda sifatli kir yuvish uchun vositalar

Maishiy kimyo SONTSA: hamyonbop narxlarda sifatli kir yuvish uchun vositalar

“Bugungi kunda ko'pchilik kiyimlarni yuvishda nafaqat ketishi qiyin bo’lgan dog'larni va noxush hidlarni sifatli ketqazadigan, balki sog'liq uchun butunlay xavfsiz bo’lgan vositalarni tanlashga intilmoqda. Bunday yuvish vositalarining tarkibida optik oqartirgichlar, xushbo'y moddalar va bo'yoqlar bo’lmasligi kerak. Ko'rinishidan, bunday yuvish vositalari qimmatga tushadi, ammo Belarus ishlab chiqaruvchilari sifatli mahsulotlarni hamyonbop narxlarda sotib olishni taklif qiladi, ular nafaqat qiyin dog'larni ketkazadi, balki teri uchun ham butunlay xavfsizdir.

 

Belarusiya ishlab chiqaruvchilaridan kir yuvish vositalarining sifati

 

Belarusiyaning "СОНЦА" kompaniyasi 2011-yildan beri maishiy kimyo mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Brend MDH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yetkazib berishni amalga oshiradi, shu bilan birga ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksportiga alohida e'tibor qaratadi.

Ish boshlanganidan bir yil o'tgach, kompaniya Belarusiyada kir yuvish vositalarini sotish bo'yicha yetakchiga aylandi.

Ishlab chiqaruvchi doimiy ravishda jahon maishiy kimyo bozorida yangi mahsulotlarni kuzatib boradi va zamonaviy texnologiyalar va komponentlardan foydalangan holda ishlab chiqarishda yangi jarayonlarni joriy qiladi.

 

 

  • «СОНЦА» brendi kir yuvish kukunlarining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

 

  • ajoyib oqartirish xususiyati;

 

  •  yuvish ko’rsatkichlari reklama qilinadigan brendlarnikidan bir necha baravar yuqori;хлор и фосфаты, что делает возможным использовать белорусские составы для стирки детской одежды;

 

  • с hamyonbop narx;

 

  • tarkibida xlor va fosfatlar YO'Q, bu bolalar kiyimlarini yuvish uchun Belarus mahsulotlaridan foydalanishga imkon beradi;
  •  EKO muvofiqlik sertifikati;
  • tejamli iste’mol.

 

Belorussiya kukunlarining kamchiligi – ularni har doim ham sotuvda topib bo'lmaydi.

O'tgan yili sotuv bo'yicha yetakchi bo'lgan Belarus tovarlarining eng mashhur toifalari

 

Kir yuvish kukunlari

"April Evolution" kukuni. Ushbu brend fosfatlarni o'z ichiga olmaydigan mahsulotlar lineykasini ishlab chiqaradi.

Tarkibida enzimlar va oqartirgichlarning mavjudligi hatto eski dog'larni ham ketkazishga yordam beradi. Maxsus sopolimer rangli kiyimlarning rangi chiqishini oldini oladi.

“Sunday” kir yuvish kukuni. Hattoki sovuq suvda ham ajoyib natijalarni ko'rsatadi, ketishi qiyin bo’lgan dog'larni ketkazadi , yuvilgan kiyimlarga yangilik va yoqimli hid beradi.

 

 Tarkibiga agressiv bo'lmagan PAVlar va enzimlar kiradi, ular kirni mato tolalariga tushishiga to'sqinlik qiladi, bu esa oppoq narsalarda kulrang va sarg'ayishlar paydo bo’lishini oldini olishga yordam beradi.

 

Maxsus vositalar

Oqartiruvchi SUPRIM. Mayin oqartirgich, kir yuvish kukuni ta’sirini yaxshiroq qilish va qiyin dog'larni g’amxo’rlik bilan ketkazish uchun maxsus ishlab chiqilgan.

 

Dog'larni ketkazish vositasi SUPRIM. Ham oq, ham rangli kiyimlar uchun ishlatilishi mumkin. Dog’larni ketkazish jarayoni samaraliroq qilishga yordam beradi, uning yordami bilan kir yuvish vositalarining ta’sirini effektli qilishingiz mumkin.

 

Sprey-dog’larni ketkazish vositasi. Kiyimdagi dog'larni oldindan yuvish yoki ekspress-vosita sifatida ishlatiladi. U kiyimning asosiy kir bo’lgan qismlariga: manjetlar va yoqalarga surtilishi, eski dog'lar uchun ham qo’llanilishi mumkin. Fosfatlar yo'qligi sababli ular kichkintoylarning kiyimlarini yuvish uchun qo’llanilishi mumkin.

 

Konditsionerlar

Konditsioner "Sunday" Irisning nozikligi. Yuvishdan keyin kiyimlarni yumshatadi, matoning rangi o’chishini oldini oladi. Mo’jizaviy irisning jozibali hidini kiyimlarga baxsh etadi.

 

Konditsioner "Sunday" Pionning mayinligi. Dazmollashni ancha osonlashtiradi va kiyimlarni yumshoq qiladi. Kiyimlarga gullagan pionning shirin hidini beradi.

 

Konditsioner "Sunday" Marvaridgul sofligi. Statik elektrni bartaraf etadi, dazmollashni jarayonini ancha osonroq qiladi. Tarkibida bo'yoqlar yo'q, marvaridgulning yengil nozik hidi kiyimga soflik baxsh etadi va kayfiyatni ko’taradi.

 

 

Belarus kir va idishlarni yuvish vositalari uzoq vaqtdan beri hamyonbop narxlarda sifatli maishiy kimyo bozorida o’z o’rninu egallagan. Ular qiyin dog'larni ketkazadi va tarkibida fosfatlar yo'qligi sababli ular bolalar kiyimlarini yuvish uchun ishlatilishi mumkin. Yuvish vositalarining qo'shimcha afzalliklari orasida yoqimli hidni aytish mumkin.

Belarus kukunlari qimmat, ko’p reklama qilingan brendlarga ajoyib alternativa bo'lishi mumkin.

 

Belarusiyadan maishiy kimyo vositalarini ulgurji veb-saytda xarid qilishingiz mumkin.

Katalog
 
Yopish
Kabinet
Mahsulot qidirish
Katalog
Brendlar
Подбор по параметрам