Tovarlar {{foundsProduct}}
{{product.price_old}} {{shop2SmartSearchSettings.shop2_currency}}
{{product.price}} {{shop2SmartSearchSettings.shop2_currency}}
Kategoriyalar {{foundsFolders}}
Ishlab chiqaruvchilar {{foundsVendors}}
Barcha natijalar
Uy/Blog/Maqolalar/Makiyaj tendlari bahor-yoz 2022: zamonaviy pardoz yaratish uchun kosmetika vositalarining ro'yxati

Тренды макияжа весна -лето: список косметики для создания модного макияжа

175

Hech narsa sizning obrazingizni uyg’unlik bilan to'g'ri tanlangan makiyaj kabi ko’rsata olmaydi. Go'zallik sanoatining zamonaviy tendentsiyalari doimo o'zgarib kelmoqda, ayollarga qanday qilib go'zal bo'lib qolish va tabiiy jozibalikni saqlash  bo'yicha yangi g'oyalar taklif qilinmoqda. Bu, ayniqsa, qishning so'nggi oylarida aktual bo’lib, bu paytda ayollar o'z nazokatlarini ko’rsatish va bahorning iliq kunlariga yangilangan bo’lib kirishni xohlashadi. 

Moda olami biz uchun nima tayyorladi va makiyaj sohasida qanday yangilanishlar kutilmoqda? Sizning e'tiboringizga bahor-yoz 2022 mavsumida xit bo'ladigan Belarusda ishlab chiqarilgan eng yaxshi mahsulotlarni taqdim etamiz.

 

Shakldor va rangli chiziqlar

Ko'zga chizilgan chiziqlar – hamma mavsumga mos keladigan o'zgarmas klassikadir. Bahor-yoz 2022 mavsumi bundan istisno emas. Trendda nafaqat oddiy qora chiziqlar, balki shakldor, ranglilar ham. Ularning yordamida ko'z rangini ko’rsatish, makiyajni yanada yorqinroq, ifodaliroq qilish, jozibadorlik qo’shish mumkin. Rangli chiziqlar chizish g’oyasini quyidagi podvodka yordamida amalga oshirish mumkin:

LUXVISAGE PERFECT COLOR Blue – podvodka-flomaster tez va qiyinchiliksiz chiziqlarni mukammal chizishga yordam beradi. Yorqin, boyitilgan ko'k rang nigohga yorqinlik va idodalilik qo'shadi. Bayramona, kundalik obrazlar, fotosessiya uchun yorqin makiyaj yaratishda mos keladi. Yaltiramaydigan chiziqlar 14 soatgacha turadi. Qovoqlarda iz qoldirmaydi, chaplanmaydi.

READY TO GLOW yaltiroq – ko'zlarda metallik effekti hatto eng oddiy makiyajga ham dadillik va bayramona kayfiyat beradi. Podvodka bayramona, kechki obrazlarni yaratish uchun mos keladi. Qulay cho'tka tezda kerakli qalinlikdagi chiziqni yaratishga imkon beradi. Mahsulot tez quriydi va iz qoldirmaydi. Qayta qo'yish ehtiyojisiz uzoq vaqt ko'zlarda turadi.

Pro INK - kunduzgi va kechki obrazlar uchun ideal bo'lgan to’yingan jigarrang podvodka. Undan  ish va bayramlar uchun bo'yanishda foydalanish mumkin. U ko'zlarning rangini ajoyib tarzda ta’kidlaydi, ularni yanada ifodaliroq qiladi. Yupqa cho'tka podvodkani bir tekis taqsimlaydi, bu chiziqlarni turli qalinlikda va shaklda chizish imkon beradi.

 

2 (80)

2022-yilda noodatiy shakldagi chiziqlar ayniqsa aktualdir. Tajriba qilishdan qo'rqmang. Belorussiya ishlab chiqaruvchisining podvodkasidan foydalaning – makiyajingiz har doim benuqson bo'ladi.

 

Yorqin tenlar

Bahor – hayotingizni yorqin ranglar bilan to'ldirmoqchi bo'lgan vaqtdir, nega ularni makiyajga qo'shmaysiz. Mavsumning yangi trendi har bir qizga eng noodatiy va jozibali tenlarni sinab ko'rish imkonini beradi, boyingan ko'k, yashil ranglardan boshlab yorqin pushti, sariq ranglargacha. 

Bu g'oyani amalga oshirish uchun esa Matal hype suyuq tenlar yordam beradi:

ton 15 – quyoshli zaytun rangi bilan nigohingiz yaltiraydi va chaqnaydi. Metallik boyingan rang bayramona, kechki obrazni yaratish uchun ideal mos keladi. Tenlarni teriga qo’yilishi va taqsimlanishi oson. Bejalmaydi, bir joyga to’planib qolmaydi. Tez quriydi, yorqinligini 12 soatgacha saqlaydi.

ton 12 – yaltiragan anor rangi yorqin obrazlarni yaratish uchun juda mos keladi. Surtilishi oson, tez quriydi. Tarkibida namlantiruvchi komponentlar mavjud. Kun davomida yumaloqlanmaydi. 12 soatgacha saqlanib turadi.

ton 17 – kumush rang ko'zlarda yorqinlik va porlashni yaratadi. Kunduzgi, kechgi makiyajlar uchun mos keladi. Yumaloqlanmasdan va qovoqlarni tortmasdan aplikator yordamida oson surtiladi. 12 soatgacha turadi.

ton 1 – suyuq gelli tekstura qovoqlarga oson surtiladi. Shampan rangi metall tuslanish bilan bahor-yoz mavsumi uchun juda mos keladi. Uning yordami bilan deyarli sezilmaydigan yengil ko’rinish va nigohingizga porlash qo’shishingiz yoki oqshom uchun to’yingan makiyaj yaratishingiz mumkin.

3 (74)

 

 

Tenlardan istalgan obrazlar, kundalikdan boshlab bayramona ko’rinish yaratish uchun foydalanishingiz mumkin. Ularning yordami bilan siz makiyajingizni yanada yorqinroq va esda qolarli qilishingiz mumkin

 

Yorqin lablar

Yorqin lablar ayniqsa yilning iliq oylarida aktualdir. Bunday makiyajni tint lab bo'yog'i yordamida yaratishingiz mumkin. Shuningdek, yaltiroqlar haqida ham unutmaslik kerak. Quyidagi mahsulotlar ideal lab makiyajini yaratishga yordam beradi:

PIN-UP ultra matt – nozik iliq tus tabiiy go'zallikni ko’rsatadi. Pudra rang biznes va kunduzgi obrazlarni yaratish uchun idealdir. Lablarni oziqlantiradi va teri po’stini qurutmaydi.

BE COLOR - mayin kremli tuzilishi lablaringizga sezgirlik, ifodalilik va yorqinlik baxsh etadi. Sutli qahva rangi har qanday obrazni mukammal ravishda to'ldiradigan yoqimli qizil tusga ega.

 

4-2

Lab bo’yog’idan ishki yoki kunduzgi, shuningdek, kechki obrazlarni yaratish uchun foydalanish mumkin. Yorqin rangni tanlayotganda, bir vaqtning o'zida ikkita detalga e'tibor bermaslik kerakligini unutmang. Bunday holda, yorqin lab bo'yog'i ko'zdagi og’ir makiyajni  istisno qiladi.

“O'rgimchak oyoqlari” effekti

Yangi trendlarga ko'ra, vizajistlar ajratish effektiga ega tushlarni ishlatishdan voz kechishmoqda. Yopishgan kirpiklar yoki "o'rgimchak oyoqlari effekti” yaqinlashib kelayotgan bahor-yoz mavsumida ayniqsa dolzarbdir. Ushbu g'oyani ro'yobga chiqarishga Belarus ishlab chiqaruvchilarining tushlari yordam beradi. Ular yuqori sifati va uzoq vaqt davomida turishi bilan ifodalanadi va zamonaviy pardoz yaratish uchun juda mos keladi.

 

Mukammal tiniq yuz toni

Silliq, yaltirab turadigan yuz – har doim dolzarb bo'lgan trenddir. Tabiiy go'zallik urfda, bu esa yuzga alohida g'amxo'rlik qilish kerakligini anglatadi. SATIN SKIN mahsulotlardan foydalanishni tavsiya etamiz.

7 (47)

Правильно подобранный уход поможет вам добиться идеальной кожи за несколько недель. Продукция белорусского производства поможет вам вернуть лицу гладкость, выровняет тон, избавит от несовершенств.

 

Dreyping

Dreyping – bu makiyaj texnikasi bo’lib, unda yog’upaning och va to’q ranari ishlatiladi. Uning yordami bilan terini yangilash, yuzga yanada aniqroq konturlar berish va kamchiliklarni tuzatish mumkin. VELVET TOUCH liniyasiga e’tibor qaratishingizni tavsiya qilamiz.

6 (49)

Belarus ishlab chiqaruvchisidan mahsulotlarni kompaniyaning ulgurji veb-saytidan arzon narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Yuqori sifat va xilma-xillik har bir mijozni xursand qiladi.

 

Katalog
 
Yopish
Kabinet
Mahsulot qidirish
Katalog
Brendlar
Подбор по параметрам