Tovarlar {{foundsProduct}}
{{product.price_old}} {{shop2SmartSearchSettings.shop2_currency}}
{{product.price}} {{shop2SmartSearchSettings.shop2_currency}}
Kategoriyalar {{foundsFolders}}
Ishlab chiqaruvchilar {{foundsVendors}}
Barcha natijalar
Uy/Blog/Maqolalar/Sochlar uchun shok terapiyasi dasturi: silliqlik, qalinlik, porlash

Программа шоковой терапии для волос: гладкость, густота, блеск

165

Har kuni sochlarimizning  sog'ligi va tashqi ko'rinishiga atrof-muhit, shuningdek tez-tez yuvish, quritish va turmaklash salbiy ta'sir ko'rsatadi.  Va faqat to'g'ri tanlangan parvarish vositasi salomatlik va go'zallikni saqlashga yordam beradi. Bugun sochlar uchun qimmat parvarish vositalariga pul sarflash shart emas,  Belarus ishlab chiqaruvchilari lyuks brendlardan sifat jihatidan kam bo'lmagan, va shu bilan birga jozibador narxdagi mahsulotlarni taklif qilishmoqda.

 

Viteks kosmetikasi

Viteks brendi mahsulotlarini ishlab chiqarishda tabiiy ingrediyentlar qo'llaniladi, ularning xavfsizligi majburiy sertifikatlash bilan tasdiqlangan. Mahsulot ishlab chiqarishda hamyonbop narx va yuqori sifat darajasi Belarus kosmetikasini nafaqat postsovet hududida,  balki Evropa mamlakatlarida ham mashhur qiladi. Ushbu yondashuv mijozlarga soch, tana va yuzni parvarish qilish mahsulotlarini tanlashga imkon beradi.

 

Plex therapy - Shok terapiyasi

Viteks soch tuzilishini to'liq tiklash uchun innovatsion dasturni taqdim etadi. Faol moddalar: monoi yog'i, tseramid va pantenol yordamida shokli terapiya to'liq salon parvarishiga teng keladi. 

Belarusiyaning Viteks brendi lineykasi shikastlangan, zaiflashgan sochlarni parvarish qilish uchun 5 ta mahsulotni o'z ichiga oladi. Maxsus Plex therapy texnologiyasi hujayra darajasida tolalar orasidagi mikro aloqalarni mustahkamlaydi, birinchi foydalanishdan keyinoq tolalar ko'rinishini yaxshilaydi. Endi sochingizning sog'lig'i va tashqi ko'rinishi haqida tashvishlanishingiz shart emas.

Tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Organik moylar.
  • Gialuron kislotasi.
  • Kreatinning 2 turi: biomimetik va gidrolizlangan.
  • Pantenol.
  • Ipakli aminokislotalar.

 

Shampun-praymer

Har qanday tiklanish sifatli, yumshoq tozalashdan boshlanadi. Faol komponentlar nafaqat kirlarni ketkazishga, balki yuvish jarayonida sochlarni parvarish qilishga ham yordam beradi. Shampunning maxsus formulasi niqoblar va ekspress mahsulotlarning ta'sirini kuchaytirib, keyingi parvarish uchun tayyorlaydi. Maxsus tarkib keratinli cheshuykalar ichiga kirib, faol tiklanish va namlantirishga yordam beradi.

shampun_shokovaya.jpg

Muhrlashtiruvchi niqob

Ushbu mahsulot shikastlangan tolalarni intensiv parvarish qilish uchun maxsus yaratilgan. Ipakli kislotalar va monoi yog'i soch tuzilishiga o'ziga xos porlash beradi. Gialuron kislotasi va keratinni o'z ichiga olgan faol komponentlar hujayra darajasida sochlarni tiklaydi, ularning tarangligi va elastikligini oshiradi. Niqob barcha oziqaviy moddalarni ichkarida saqlashga yordam beradi, cheshuykalarni muhrlaydi va quruq uchlar paydo bo'linishini oldini oladi.

maska.jpg

Zardob-bonding

Oziqlantiruvchi zardob zaiflashgan, shikastlangan sochlarni tiklash uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Ipak oqsillari, pantenol va gialuron kislotasi yordamida sochlarning shikastlangan joylari ozuqaviy moddalar bilan to'ldiriladi, qalinroq va kuchliroq bo'ladi. Shu bilan birga, sochlar yuqori haroratga, tez-tez bo'yashga va turmaklashga oson bardosh bera oladi. Zardob-bonding yordamida nima bo'lishidan qat'iy nazar, sochlaringiz yanada kuchliroq va egiluvchan bo'ladi.

syvorotka_shokovaya.jpg

Eliksir intensiv ikki hissali

Yuvilmaydigan vosita darhol soch tolalariga yorqinlik bag'ishlaydi va ularning tuzilishini tekislaydi, ko'rinib turadigan zararlangan joylarni yashiradi. Eliksir sochlarni yuqori haroratning salbiy ta'siridan himoya qiladi. Pantenol va gialuron kislotasi ularning tabiiy porlashini kuchaytiradi, o'ziga xos plyonka hosil qilgan holda singan uchlar paydo bo'lishining oldini oladi.

kartochka-tovara_5.jpg

Filler ekspress-bonding

Ushbu ekspress-vosita sochlarning jozibadorligi va sog'lig'ini atigi 15 daqiqada tiklashi mumkin. Fillerning maxsus formulasi keratin qatlamiga kirib boradi, bo'shliqlar va shikastlanishlarni to'ldiradi, kutikulani vizual ravishda tekislaydi. Birinchi foydalanishdanoq keyin sochlar kuchliroq va muloyimroq bo'ladi. Filler
jozibali ko'rinishni xohlaydigan va tajribalardan qo'rqmaydigan har bir zamonaviy qiz uchun tengi yo'q mahsulotga aylanadi. Doimiy foydalanish sochlarni yumshoq va "boshqariladigan" qiladi, qurigan uchlarini bir-biriga yopishtiradi va olmosdek yaltiratadi.

 

 

Viteks soch mahsulotlari eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda tabiiy ingrediyentlardan tayyorlanadi. Ingrediyentlarning yuqori sifatiga qaramay, Belarus vositalarining narxi unga o'xshash qimmat mahsulotlarga qaraganda arzonroq hisoblanadi. Shu sababli, tobora ko'proq ayollar sochlariga salomatlik va joziba berish uchun Viteks vositalarini tanlashmoqda.

 

Katalog
 
Yopish
Kabinet
Mahsulot qidirish
Katalog
Brendlar
Подбор по параметрам