Как правильно выбрать шампунь для волос?
Sochlar salomatligi to'g'ri tanlangan shampundan boshlanadi. Aynan u parvarish qilishda birinchi qadam bo'lib, bosh terisini tozalaydi. Ushbu mahsulotning ko’plab turlri mavjud bo’lib, ular har xil tarkibga va ta’sir yo'nalishlariga ega. Agar sochingiz chiroyli va sog'lom bo'lishini istasangiz. , aynan sizga mos keladigan shampunni to’g’ri tanlash muhimdir.
Yog'li sochlar uchun shampun
Agar sochlaringiz yog'li bo'lsa, unda sizga yumshoq ta’sir qiladigan mahsulotlar kerak bo’ladi. Terini quritib yuboradigan vositalarni xarid qilmagan ma’qul. Aksincha, yog’ bezlari yanada kuchliroq ishlay boshlaydi. Doimiy foydalanish uchun tabiiy komponentlardan iborat tozalovchi tarkibni sotib olish yaxshiroqdir.
U quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
- loy;
- sink;
- mentol;
- ko'mir;
O’simlik komponentlari: mavrak, moychechak, kalendula, bo’takoz ekstrakti.
Tarkibda agressiv komponentlarning yo'qligi muammoni yengishga yordam berishi, namlik va tozalikning optimal muvozanatini saqlashi mumkin. Shunday tozalovchi tarkib terining tabiiy muvozanatini buzmasdan to'g'ri parvarish qilishni ta'minlaydi.
Bunday yumshoq tarkiblardan har kuni foydalanish mumkin. Ular turli xil kislotalarni, shimadigan komponentlarni o'z ichiga olishi mumkin.
Quyidagilardan foydalanish mumkin:
- po’stni to’kadigan;
- chuqur tozalaydigan;
- qo'shimcha hajm beradigan.
Шампунь "EXXE" детокс эффект, питательный, для сухих и тонких волос, 500 мл, Арвитекс
Yog'li soch terisiga ega odamlar sulfatsiz shampunlardan foydalanmasliklari kerak. Ular juda yumshoq va kerakli tozalash darajasini ta'minlay olmaydi. Shuningdek, silikonlar mavjudligiga ham e'tibor bering. Ushbu moddalar sochni og'irlashtiradi, ularning yog'li bo'lish jarayonini tezlashtiradi.
Quruq sochlar uchun shampun
Quruq sochlarning parvarishi imkon qadar ehtiyotkorona va yumshoq bo'lishi kerak. Vositalar muammoni yanada kuchaytirishi mumkin bo'lgan agressiv tozalovchi moddalarni o'z ichiga olmasligi kerak.
Tarkibi quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
- yumshoq sirt-aktiv moddalar;
- namlantiruvchi komponentlar: pantenol, glitserin, aloe ekstrakti, argan yog'i, karite;
- mustahkamlovchi va silliqlashtiruvchi moddalar: keratin, ipak, bug'doy, guruch oqsili;
- o'simlik ekstraktlari.
Quruq bosh terisi ayniqsa yumshoq parvarish va qo'shimcha oziqlantirishga muhtoj. Tabiiy komponentlarga asoslangan vositalarni sotib olish ma’quldir. Ular teriga yumshoq ta'sir qiladi, qichishishni keltirib chiqazmaydi.
Quyidagilardan foydalanish mumkin:
- namlantiruvchi;
- po’st ko’chiruvchi;
- oziqlantiruvchi.
Шампунь для питания и сохранения цвета волос Клинкосмик MY GOLOVA SelfieLab, 400 мл
Sulfatli tarkiblardan, agar ularda yumshatuvchi qo'shimchalar bo'lmasa, foydalanmaslik ma’qul, chunki ular terini qo'shimcha ravishda quritishi mumkin. Agar soch tolalari juda quruq va ta’sirga berilmaydigan bo'lsa, tarkibida silikon bo’lgan mahsulotlardan foydalanish mumkin. Ular sochlarni yanada silliq, yorqinroq qiladi va ularga sog'lom ko'rinish beradi.
Sulfatli tarkiblardan, agar ularda yumshatuvchi qo'shimchalar bo'lmasa, foydalanmaslik ma’qul, chunki ular terini qo'shimcha ravishda quritishi mumkin. Agar soch tolalari juda quruq va ta’sirga berilmaydigan bo'lsa, tarkibida silikon bo’lgan mahsulotlardan foydalanish mumkin. Ular sochlarni yanada silliq, yorqinroq qiladi va ularga sog'lom ko'rinish beradi.
Bo’yalgan sochlar uchun shampun
Bo'yash jarayonidan so'ng shampun sochlarni muloyimlik bilan tozalashi, shuningdek, rangning yorqinligini iloji boricha uzoqroq saqlashga yordam berishi, shikastlangan joylarni qo'shimcha oziqlantirishi va namlantirishi kerak. Mahsulotlar tarkibida tabiiy komponentlar, o'simlik ekstraktlari va sochlar sog'lig'ini saqlashga qaratilgan boshqa moddalar bo'lishi mumkin. Quyidagilarga ega formulalarni qidiring:
- jojoba, makadamiya, argan, zig'ir o’simlik yog’lari;
- godji mevalari, klyukva, atirgullar, geran o'simlik ekstraktlari;
- gialuron kislotasi;
- keratin.
Шампунь бессульфатный MODUM BAMBOO Сила и Рост волос, 325 мл Модум
Sulfatlar bo'yoqni tezda yuvib tashlaganligi sababli, sochlar bo’yalgandan keyin shampunni diqqat bilan tanlash kerak. Sulfatsiz mahsulotlarni tanlash ma’qul. Ular sochlarni yanada ehtiyotkorlik bilan tozalaydi, rangni saqlaydi, qo'shimcha komponentlar esa soch tuzilishini tiklaydi, yumshatadi, yorqinlik va silliqlik beradi.
Sezuvchan bosh terisi uchun shampun
Sezuvchan bosh terisi alohida parvarishga muhtoj. Agar vositalar noto'g'ri tanlansa, u qichishish va qazg’oqqa moyil bo'ladi. Ushbu muammolarni oldini olish uchun quyidagi komponentlarga ega vositalardan foydalaning:
- Pantenol;
- Bug'doy oqsillari;
- Glitserin;
- Moychechak, kalendular ekstrakti;
- Lavanda, kokos moyi.
Шампунь СИЛА ГИАЛУРОНА Мицеллярное очищение и умное увлажнение 400мл Белита
Nozik bosh terisi uchun tarkib yumshoq, agressivsiz bo'lishi kerak. Agar qazg’oqdan aziyat cheksangiz, yog'lilik, quruqlikni ham inobatga oling. Vositani muayyan muammoga qarshi kurashish uchun tanlang. Misol uchun, qichishish, dermatit uchun gipoallergen variantlar mos keladi, lekin birinchi navbatda yallig'lanish sababini aniqlash kerak.
Soch o'sishini tezlashtirishga mo'ljallangan vositalarnid ehtiyotkorlik bilan ishlating. Qizil qalampir va o'sishni tezlashtiradigan boshqa juda agressiv komponentlar sezuvchan va nozik terida tirnalish, qichishish uyg’otishi, noqulaylik va qazg’oq paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Normal bosh terisi uchun shampun
Agar siz haddan tashqari quruqlik, yog'lilikdan aziyat chekmasangiz, sizning sochlaringiz sinuvchanlik yoki boshqa muammolarga duch kelmasa, agressiv tarkibga ega bo'lgan chuqur tozalash vositalarini ishlatishingiz shart emas. Ular quruqlikka olib kelishi mumkin, ko’p miqdordagi silikon esa sochlarni og'irlashtiradi. Shuning uchun, "normal sochlar uchun" yozuvli mahsulotlarga e'tibor qaratish yaxshidir. Tabiiy o'simlik komponentlari bosh terisini davolaydi va uning holatini saqlaydi.
Piling shampunlar haftada bir marta qo'llaniladi. Ular o'sishni tezlashtirishga yordam beradi.
Erkaklar va ayollar shampunlari o'rtasidagi farq nima?
Kosmetik brendlarning ishlab chiqaruvchilari nafaqat ayollar uchun kosmetika ishlab chiqarishadi, balki erkaklar uchun shampunlar ham mavjud. Vizual ravishda, bu mahsulotlar rangi, etiketkasi va tarkibi bilan farqlanadi. Bir qarashda, yuqoridagilardan tashqari hech qanday farq yo'qday ko’rinadi. Biroq, farqlar mavjud.
Va ular nafaqat xidida. Erkaklar bosh terisi zichroq, kislota-ishqor balansiga ega, qon aylanishi esa tezroq. Bundan tashqari, kuchli jins vakillarining yog’ bezlari ayollarnikiga qaraganda faolroq ishlaydi, ya'ni sochlar tezroq yog'lanadi.
Fiziologik farqlarga asoslanib, ishlab chiqaruvchilar erkaklar va ayollar lineykasini yaratishdi. Ular tarkibi va ta'sir kuchi bilan farq qiladi. Erkaklar shampuni yanada intensiv tozalaydi va tarkibiga kiritilgan komponentlar tufauli ayollarning bosh terisi shunchaki qurib ketishi mumkin.
Ikkinchi farq ozuqaviy xususiyatlardadir. Sinuvchanlik va quruqlik ko'pincha ayollarning hamrohlaridir. Sochlarni tez-tez bo'yash, turmaklash, yuqori haroratlar ta'siri ularni ingichka va quriq qilib qo’yadi. Aynan shuning uchun ayollar lineykasi erkaklarnikiga qaraganda ko'proq miqdorda namlantiruvchi, oziqlantiruvchi moddalarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, ular soch turmagini yanada hajmli qiladi, kuchli jins vakillari uchun mo'ljallangan mahsulotlar esa bu xususiyatlar bilan maqtana olmaydi.
Shampunni tanlashda o’z jinsingiz uchun mo'ljallangan variantni sotib olish yaxshiroqdir. Misol uchun, agar erkak ayollar vositasidan foydalansa, uning sochlari yetarli darajada chuqur tozalanmaganligi sababli 2 kundan keyin kir va yog'li ko'rinishga ega bo'ladi. Erkaklar shampunidan foydalangan holda, ayollarda bosh terisi qurishi va ildiz hajmini yo'qotish xavfi paydo bo’ladi.
Xulosa
Bugungi kunda deyarli har qanday soch turi va har qanday muammo uchun siz yo’naltirilgan ta'sirga ega yechim va mahsulotni topishingiz mumkin. Shampun – bu nafaqat tozalikni saqlash uchun gigiyenik vositadir, balki turli muammolarni yengish mumkin bo'lgan mahsulotdir. Sochingizning mustahkamligi va go'zalligini saqlab qolish uchun tozalovchi soch vositasini tanlashda shaxsiy ehtiyojlaringizni hisobga oling.
Shampunni tanlashda ularning tarkibi tarkibi va soch turiga, shuningdek, siz erishmoqchi bo’lgan natijaga e'tibor bering. Har bir parvarish qilish vositasi muayyan vazifalarni bajarishini hisobga olish kerak. To'g'ri tanlangan har qanday kosmetika mahsuloti sochlaringizni sog'lom, ipakdek mayin qiladi va bosh terisi ham qurib qolmaydi.
Ba'zida shampun bosh terisiga mos kelmaydigan holatlar uchraydi, qichishish va noqulaylik keltirib chiqaradi. Bunday holatda shampundan foydalanishni to'xtatish kerak. O’t damlamalari, sovun ildizlari va boshqa tabiiy komponentlardan tashkil topgan sulfatsiz shampunlarni tanlash kerak. Ushbu shampunlar aksariyat soch turlariga mos keladi.
Agar qazg’oq, soch to'kilishi, alopetsiya va boshqa muammolar aniqlansa, shifokorga murojaat qilish kerak. Savodli mutaxassis kerakli tibbiy parvarishni tayinlaydi. Bir muncha vaqt davomida dorivor mahsulotlardan foydalanishinhgiz mumkin, ular bir oz bo’lsa ham shikastlangan joylarni dabolaydi. Biroq, kasallikni davolash uchun bunday dorilarni ko'r-ko'rona tanlamaslik kerak.