Tovarlar {{foundsProduct}}
{{product.price_old}} {{shop2SmartSearchSettings.shop2_currency}}
{{product.price}} {{shop2SmartSearchSettings.shop2_currency}}
Kategoriyalar {{foundsFolders}}
Ishlab chiqaruvchilar {{foundsVendors}}
Barcha natijalar
Uy/Blog/Maqolalar/Shampun nima va u nima uchun kerak?

Что такое шампунь и для чего он нужен?

759

Bosh terisini yumshoq, shu bilan birga yaxshilab tozalash –  chiroyli va sog'lom sochlarning kalitidir. Lak va turmak uchun ko'piklarning qoldiqlarini, changni, teri yog’ining zarralarini va terni to'g'ri tanlangan shampun tozalaydi. Maxsus mahsulot soch ildizlari va uzunligi bo’yucha tez va oson yuvish imkonini beradi - tarkibiga kiritilgan moddalar samarali ravishda kirlarni yo'q qiladi. Shampun har bir kishi uchun alohida tanlanadi. Mahsulotni sotib olayotganda bosh terisining xususiyatlarini, sochlarning uzunligi va holatini, tabiiy va sintetik tarkibiy komponentlarga allergiyaga moyilligini va boshqa ko'plab omillarni hisobga olish kerak. Bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar yuzlab sifatli, shu bilan birga hamyonbop vositalarni taklif qilishmoqda – o'zingiznikini topishingiz kerak,  xolos.

Shampun – bu nima?

Shampun – sochlarni ifloslanishdan tozalaydigan komponentlar (sirt-faol moddalar)ni o'z ichiga olgan parvarishlash kosmetik vositadir. Bunday mahsulotlar bosh terisi va soch turiga qarab tanlanadi. Barcha odamlar har xil soch turlariga ega bo'lganligi sababli, kosmetika mahsuloti ham ushbu turga mos kelishi kerak. To'g'ri tanlangan parvarish soch tuzilishini mustahkamlaydi, oziqlantiradi va namlantiradi.

Shampun formulasi kremli, yopishqoqroq, qalin yoki qattiq shampun shaklida bo'lishi mumkin. Aslida, ularning har biri bitta vazifani bajaradi, farqi formatda.

 

Ushbu kosmetik mahsulot jins va soch turiga qarab bir necha turga bo'linadi. Shunday qilib, mutaxassislar shampunlarni quyigilarga ajratishadi:

  • barcha turdagi sochlar uchun;
  • namlantiruvchi: ular quruq soch egalari uchun kerak (quruq bosh terisiga moyil);
  • oziqlantiruvchi: ular bo'yoq, stayling vositalari, fenlar, ploykalar va dazmollar ta’siri natijasida qurib ketgan soch tolalarimi foydali moddalar bilan to'yintirishga imkon beradi;
  • sochlarga hajm beradigan shampunlar;
  • rangni tiklaydigan va himoya qiladigan – bo’yalgan sochlar uchun;
  • tusli - sochlarni ma'lum bir tusda saqlashga yordam berish uchun mo'ljallangan;
  • chuqur tozalovchi shampunlar (intensiv tozalash) – soch uchun lak, musslar, ko'piklar va boshqa turmaklash mahsulotlarini ko’p ishlatadiganlar uchun mos keladi;
  • qazg’oqqa qarshi shampunlar, dermatologik va davolovchi shampunlar (seboreya va bosh terisining boshqa kasalliklari uchun).

Ba'zi ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni jins bo'yicha ham tasniflashadi:

Umuman olganda, ayollar va erkaklar uchun mahsulotlarning ta'sir qilish printsipi o'xshash. Bolalar sochlarini yuvish uchun tarkiblar yumshoqroq: ular nafaqat ko'zning shilliq qavatiga kirganda achishtirmaydi, balki bosh terisini muloyimlik bilan tozalaydi. 

Alohida davolovchi va professional mahsulotlarni belgilashadi. Davolovchi shampunlar, qoida tariqasida, trixolog tomonidan tayinlanadi, va bosh terisi muammolarini bartaraf etishga qaratilgan ma'lum bir terapevtik ta'sirga ega.

Professional mahsulotlar liniyasi kundalik parvarish qilish uchun mo'ljallanmagan. Bunday mahsulotlar salon protseduralari uchun yoki doimiy shampun bilan birgalikda qo’llash mo'ljallangan. Salon shampunlarining tarkibi do'konda sotib olinganlardan farq qiladi. Ular patentlangan mahsulotlarni o'z ichiga olishi va maxsus formulalar asosida ishlab chiqarilgan bo’lishi mumkin. Formulalar ko'pincha qimmat turadi. Ya’ni, professional parvarish ham narx jihatidan farq qiladi, ham ehtiyotkorlik bilan tanlashni talab qiladi.

 

Shampun turlari

 

Normal sochlar uchun shampun

Normal sochlar uchun shampun – tarkibi oddiy tozalovchi. Vosita yog’ va boshqa kirlarni ketkazadi, shuningdek, yog' bezlari sekretini tabiiy ishlab chiqarilishini tashkillashtiradi. Uni tanlashda uning ta'siriga alohida e'tibor berish kerak, chunki bunday mahsulotlar ko'pincha universal va kundalik foydalanish uchun bo’ladi. Normal sochlar uchun bosh terisini namlantiruvchi, oziqlantiruvchi, qazg’oqqa qarshi kosmetik parvarish vositalari mavjud.

Шампунь 'ОЛИВКОВЫЙ' питание и увлажнение, для нормальных волос, BIELITA BITЭКС, АРТИКУЛ 4810151011222

Шампунь ОЛИВКОВЫЙ питание и увлажнение для нормальных волос, BIELITA BITЭКС, 500 мл

 

Aralash soch turi uchun shampun

Aralash soch turi – quruq, uchlari sinuvchan va ildizlari yog'li sochlardir. Ular tez kir bo’lishi, quruqligi tufayli esa uchlari sinishi sababli, aralash soch turlari uchun shampunlar tarkibida salitsil kislotasi, mevali kislotalar, glitserin va ba'zan keratin (yoki keratinli shampun alohida) mavjud bo'lib, ular tolalar holatini yaxshilaydi. Albatta, bunday vositalar muammolarni to'liq bartaraf etmasligini tushunish kerak. Shuning uchun maskalar va balzamlar bilan har tomonlama parvarish kerak.

4810153024008.webp

Шампунь РОСКОШНЫЙ УХОД 7 масел красоты, питательный, без утяжеления, для всех типов волос, Витэкс, 500 мл

 

Yog'li sochlar uchun shampun

Soch va bosh terisi turli sabablarga ko'ra yog'lilikka moyil bo'ladi: genetik moyillikdan tortib gormonal tizimning ishlashidagi buzilishlarga qadar. Maxsus ishlab chiqilgan formulalar bosh terisining ortiqcha sekretsiyasi (sebum) bilan kurashishga qaratilgan. Bunday bosh terisi egalari uchun sulfatsiz vositalar bilan yuvish tavsiya etiladi. Ularning tarkibida tolalarni og'irlashtiradigan parabenlar, silikonlar yoki sulfatlar mavjud emas.

Shuni ta’kidlash kerakki, muammodan butunlay xalos bo'lishning iloji yo’q, chunki sebum ishlab chiqarilishiga ko'plab omillar ta'sir qiladi. Shunga ko'ra, birinchi navbatda  sababini aniqlash, so'ngra vositani tanlash kerak. Agar muammoni aniqlashning imkoniyati bo'lmasa, mavjud mahsulotlar qatoridan ehtiyotkorlik bilan parvarish vositasini tanlashingiz kerak. Faqat shampunni emas, balki kerak bo'lganda niqob, balzam va konditsionerni tanlaydigan mutaxassisga murojaat qilish tavsiya etiladi.

4813360004498.webp

Шампунь для волос 33 целебных экстракта SelfieLab регулирующий, устранение жирности 250мл, Клинкосмик

 

Quruq sochlar uchun shampun

Sochlar turli sabablarga ko'ra quruq bo’ladi. Aksariyat hollarda zarar salbiy tashqi omillar tufayli yuzaga keladi. Misol uchun, to'g'ri parvarish qilmasdan, chiroyli turmklar yaratish uchun tekislovchi dazmollar, fenlar va boshqa texnik vositalardan tez-tez foydalanish. Alohida 9-chi yoki undan yuqori darajaga qadar sochni ochartirishni eslatib o'tishimiz mumkin. Ushbu protsedura yumshoq hisoblanmaydi va tolalarning tuzilishini buzadi. Soch quruq bo’lib boshlaydi. Va tiklanish uzoq vaqt talab etadi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kosmetika tarkibida ko'p miqdorda glitserin, mochevina, pantenol va boshqa namlantiruvchi moddalar bo'lishi kerak. Bundan tashqari, po’stloqlarni yopish uchun sulfatsiz shampun va konditsionerdan foydalanish tavsiya etiladi.

4810151011055

Шампунь-питание для волос сухих и поврежденных ОБЛЕПИХА, BIELITA, 500 мл

 

Bo’yalgan sochlar uchun shampun

Mahsulotlar bo’yalgan rangni saqlab qolish uchun ishlab chiqarilgan: ular rang chuqurligi va yorqinligini saqlab, bo'yoqning yuvilishiga yo'l qo'ymaydi. Bunday mahsulotlar odatda parvarish qiluvchi komponentlarni o'z ichiga oladi: yog'lar va ekstraktlar har bir soch tolasini tekislaydi, oziqlantiradi va namlantiradi, shikastlanishni vizual ravishda yo'q qiladi – soch tolasini bir xil qiladi.

Sulfatsiz vositalarni sotib olish tavsiya etiladi, chunki ularning ratkibida bo'yoqni yetarlicha tez yuvadigan sulfatlar yo’q. Professional stilistlar ham xuddi shu sababga ko'ra qazg’oqqa qarshi vositalardan foydalanmaslikni tavsiya qiladilar. Agar sochlar bo’yalgan bo'lsa, unda albatta, bo’yalgan sochlar uchun mo'ljallangan parvarish qiluvchu maskalar kerak bo’ladi.

 

 

4813406004970.webp

 

 

Шампунь-ванна Bogema для окрашенных и мелированных волос, Белика-М, 400 г

 

“Quloqsiz” sochlar uchun shampun

Tarkibdagi komponentlar dag’al, turmaklash qiyin bo'lgan sochlarni yumshata oladi: yuvilgandan va quritgandan so'ng ular silliq va parvarishlangan bo’lib ko'rinadi. Odatda, “quloqsiz” sochlar g’ovakdek: sochlarning qalinligi har xil bo'lishi mumkin, chunki ba'zi tolalar ko'proq ochiladi, boshqalari esa kamroq. Shikastlangan yoki ochiq kutikula qatlami nafaqat stayling vositalarini, balki hid va changni ham o'ziga oladi. “Quloqsiz” sochlar uchun shampun chigallar paydo bo'lishining oldini oladi: sochlar kamroq chalkashadi va elektrlanadi, boshqariladigan bo'ladi.

4810151026790.jpg

Шампунь для волос HAIR Repair структурно-восстановление, увлажнение для пористых,поврежденных волос 1000 мл Белита

 

Shampunni qanday to’g’ri tanlash kerak?

Shampunning asosiy vazifasi – bosh terisi va sochlarni yaxshilab yuvish, yoqimsiz simptomlardan (agar mavjud bo'lsa) bartaraf etish, tozalik va yangilik hissini berishdir. Bundan tashqari, mahsulot

  • yaxshi ko’pirishi;
  • sochlardan tezda yuvilishi;
  • yog'lilik hissini qoldirmasligi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Mahsulotni tanlashda quyidagilarni yodda tuting:

  • hech qanday shampun sochni to'liq tiklay olmaydi, agar soch tolalari jiddiy shikastlangan bo'lsa, qo'shimcha parvarishlash vositalarini – konditsionerlar, balzamlar, niqoblar, yog'larni qo'shishga to’g’ri keladi. Shampun soch holatini yomonlashtirmasligi muhim;
  • sulfatsiz shampunlarni yoki sovun asosidagi shampunlarni tanlashga harakat qiling. Qoida tariqasida, ular archa, aloe, moychechak kabi tabiiy o'simlik ekstraktlarini o'z ichiga oladi;
  • yog'li sochlar uchun mo’ljallangan juda qurituvchi va quruq sochlar uchun faqat oziqlantiruvchi va namlantiruvchi shampunlardan foydalanmaslik kerak – muvozanatni saqlash muhimdir. Aks holda, muammo yanada kattalashadi. U yoki bu vositani  sotib olishga qaror qilganda, boshqa xaridorlarning fiklarini ko’rish tavsiya etiladi. Agar bosh teringiz qichishish va qurishga moyil bo'lsa, boshqa foydalanuvchilarda qazg’oq paydo bo'lishiga olib keladigan tarkiblarni sotib olmaslik kerak.

 

Shampun tarkibidagi faol moddalar

Shampunni tanlashda tarkibiga albatta e'tibor bering. Tarkibdagi faol moddalar birinchi navbatda ko’rsatilgan bo’ladi. Asosan suv, lauril sulfat, keyin silikonlar, o'simlik ekstraktlari, sirt faol moddalar, parfyumeriya, keratin, vitaminlar va boshqalar bo'lishi mumkin. Bir yoki boshqa ingrediyent mavjudligi ishlab chiqaruvchi firmaga, formulaga va vosita turiga bog'liq.

Ko'pgina shampunlar uchun faol moddalar sifatida yashil choy, moychechak, kalendula, mavrak, qora archa, glitserin, turli xil kislotalar va vitaminlar kabi o'simlik ekstraktlari qo’llaniladi. O'simlik qo'shimchalari sochlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ularni silliq va ipakdek muloyim qiladi. Vitaminlarning mavjudligi bosh terisiga yetishmaydigan qo'shimcha oziqlanishdir.

Qazg’oqni oldini olish uchun sink, shuningdek, glitserin, gialuron kislotasi, skvalan kabi namlantiruvchi komponentlar va boshqalar qo'shiladi.

Tarkibida  ko'p miqdorli silikonlarga ega vositalardan foydalanmaslik kerak. Ular sochlarni og'irlashtirishi va qiyin yuvilishi mumkin. Yoki soch yuvish uzoq vaqt oladi, chunki hamma silikonlar ham tezda yuvilmaydi.

Esda tutingki, sochlar yaxshi parvarishga muxtoj, ayniqsa yozda – sochga ultrabinafsha nurlar ko’p miqdorda tushganda. Tolalar qurib boshlaydi. Shuning uchun, oldindan yaxshi ishlaydigan mahsulotlarni tanlash kerak.

 

To'liq parvarish vositalarini tanlash ba'zan juda qiyin. Istalgan natijani hisobga olish va undan tez natija kutmaslik muhimdir. To'g'ri tanlangan parvarish bir nechta qo’llanishdan so'ng sezilarli natijalarni ko'rsatadi. Sochlar yaxshi parvarish qilishni talab qilar ekan, Belarusiyada ishlab chiqarilgan kosmetikaga e’tibor qaratishni tavsiya qilamiz. Ular tabiiy tarkibga ega. Mahsulotlar lineykasi keng. O'zingiz uchun to'liq parvarishlash to'plamini tanlash qiyin bo'lmaydi.

 

 

Katalog
 
Yopish
Kabinet
Mahsulot qidirish
Katalog
Brendlar
Подбор по параметрам