Тренды в макияже 2023: подборка средств для мейкапа года
2023 yilgi makiyaj trendlari jasorat, nafosat va o'ziga xoslik bilan hayratda qoldirmoqda. Vizajistlar tajriba qilishdan qo'rqmaslikni, tasavvurga erkinlik berishni, biroq mo'tadillikni ham unitmaslikni maslahat berishadi. Ushbu yilning bo'yanish tendentsiyalariga rioya qilishga va jozibali ko'rinishga yordam beradigan mahsulotlar tanlovini taklif qilamiz.
Ko'zlar
To'q va yorqin urg'uga ega ko'zlarni ifodali qiluvchi makiyajga e'tibor bering. Yaltiroq blesk ham aktual bo'ladi. Pardozni yaratishda quyidagilar yordam beradi:
Qora rangda "Party" kosmetik kontur qalam. Mahsulot yumshoq, surtilishi oson va foydali yog'larni o'z ichiga oladi. Nigohni ifodali qilib, qora konturni yaratishga yordam beradi.

Lab uchun blesk tiniq, yaltiroq mahsulot, standart foydalanishdan tashqari, ko'zlarga surtish uchun ham mos keladi. Jozibali shudringli qovoqlar effektini yaratadi.

Suyuq metall tenlar LUXVISAGE. Metalli yarqirash bilan ifodali ko'z pardozini kafolatlaydi. Suyuq gel tuzilishi 12 soatgacha saqlanib turadi.

Lablar
Vizajistlar to'q rangdagi lab bo'yoqlariga diqqat qaratishni maslahat berishadi. Yaltiroqlar, ayniqsa kechki makiyajni yaratishda aktual ko'rinadi.
Belarusiyaning Relouis brendidan suyuq matli lab bo'yog'i. Mahsulot birinchi qo'llashdan boshlab lablar rangini yopadi va ikki-uch soniyadan so'ng suyuq tekstura zich matli qoplamaga aylanadi. Ishlab chiqaruvchi tanlash uchun ranglar palitrasini taklif qiladi.

Lab uchun blesk Shine Bright. Tarkibi tovlanadigan olmos effektini beradigan shimmerni o'z ichiga oladi. Qo'llashdan so'ng, lablarda yarqirash, jilva va tuslanish paydo qoladi. Yoqimli bonus - yoqimli vanil ifori.
![]()
Yuz
Hozirgi vaqtda tabiiylik o'ziga tortadi, shuning uchun tabiiy jilva va yorqinlikni yaratadigan mahsulotlarga e'tibor qilishni maslahat beramiz. Bu yuzni yangi va jozibali qiladi. Ushbu mahsulot yordam berishi mumkin:
Xaylayter Multitalent. Bu mayin kremli tuzilishga ega stik-qalam. Xaylayteri cho'tka yoki sponj bilan tushlanishi mumkin, u tabiiy ko'rinish yaratadi. Uni ham kunduzgi, ham kechki pardzoda qo'llash teriga yumshoqlik, tabiiy yaltirash beradi.

Ulgurji internet-do'konimizda taqdim etilgan ishonchli Belarus brendlarining kosmetikasi bilan har kim zamonaviy pardoz yaratishi mumkin. O'zingizga yoqqan mahsulotlarni tanlang va uydan chiqmasdan buyurtma bering. O'zingizni yoqimli xaridlar bilan xursand qiling va yaqinlaringiz uchun sovg'alar haqida ham unutmang.